Lavrov G‘arb Rossiyaga urush e’lon qilganini aytdi

Olam

image

G‘arb Rossiyaga qarshi yalpi gibrid urush elon qildi. Bu urushning oqibatlarini istisnosiz hamma sezadi. Bu haqda Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bugun, 14 may kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda ta’kidladi.

“Kollektiv G‘arb bizga qarshi umumiy, gibrid urush e’lon qildi va bularning barchasi qancha davom etishini oldindan aytish qiyin, ammo oqibatlarini istisnosiz hamma sezishi aniq”, degan u.

Vazirning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya to‘g‘ridan-to‘g‘ri to‘qnashuvga yo‘l qo‘ymaslik uchun hamma narsani qilgan.

“Ammo chaqiruv tashlanganligi sababli, biz, albatta, buni qabul qilamiz. Biz sanksiyalarga begona emasmiz, ular deyarli doim u yoki bu shaklda bo‘lgan”, deydi Lavrov.

Shuningdek, u mutlaqo g‘or odamlariga xos, rusofobik portlashdan hayratda qolganini ta’kidladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

2167

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing