Lavrov Britaniya Tashqi ishlar vaziri bilan uchrashuvni kar va soqov suhbatiga qiyosladi

Olam

image

Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov  Buyuk Britaniya tashqi siyosati yetakchisi  Liz Trass bilan bo‘lib o‘tgan muzokaralardan hafsalasi pir bo‘lganini aytdi. U bu suhbatni go‘yoki soqov va karlar suhbatiga o‘xshatdi. Liz Trass esa “soqovlik” haqidagi ayblovlarni rad etdi. Bu haqda “Kommersant’” ma’lum qildi.

Lavrovning so‘zlariga ko‘ra, tomonlar Yevropadagi xavfsizlik va Ukrainadagi vaziyat kabi muhim masalalarda bir to‘xtamga kelmagan va natijada “soqov va kar o‘rtasidagi suhbat” bo‘lgan.  

“To‘g‘risini aytsam, soqov va kar o‘rtasida suhbat bo‘layotganidan xafaman. Aftidan, biz eshitgandek ko‘rinyapmiz, ammo eshitmayapmiz”, deydi Sergey Lavrov muzokaralar yakunlari bo‘yicha o‘tkazilgan matbuot anjumanida.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya tomoni bir necha bor, shu jumladan, bu safar ham o‘z pozitsiyasini batafsil tushuntirgan va Rossiyaning Ukrainaga “bosqini” haqida aytilgan gaplar asossiz ekanligini ko‘rsatuvchi dalillarni keltirgan. Ammo Britaniya Tashqi ishlar vazirligi Rossiya pozitsiyasiga oid eng batafsil tushuntirishlar bilan yoki tanish emas, yoki umuman e’tibordan chetda qolmoqda.

“Men hamkasblarimiz bu batafsil tushuntirishlar bilan tanish emasligini yoki umuman e’tibordan chetda qolganini his qildim”, deydi Rossiya Tashqi ishlar vaziri.

Ammo Britaniya Tashqi ishlar vaziri Liz Trass Sergey Lavrovning uchrashuv haqidagi so‘zlariga izoh berar ekan, “soqovlik” haqidagi ayblovlarni rad etdi. 

“Suhbatimizda soqovlik qilmadim, men Buyuk Britaniyaning vaziyat bo‘yicha pozitsiyasini aniq bayon qildim. Vazir Lavrovni ham tingladim”, deydi u. 

Shuningdek, u Lavrovning G‘arb davlatlari Rossiya xavfsizligiga putur yetkazmoqchi ekani haqidagi so‘zlarini “noto‘g‘ri” deb atadi va uni Ukraina chegarasidagi qo‘shinlarini olib chiqishga chaqirdi.

Britaniya vaziri Rossiyaning NATOni kengaytirmaslik haqidagi talablarini izohlar ekan, London alyansning “ochiq eshiklar” siyosatini qurbon qilishga tayyor emasligini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya bilan muzokaralarda muvaffaqiyatga erishish uchun Buyuk Britaniya ham Ukrainaning hududiy yaxlitligini buzmaydi.

“Rossiyada hali ham Ukrainaga qarshi tajovuzni to‘xtatish va kelishuvning diplomatik yo‘lidan borish imkoniyati bor. Agar Rossiya Ukrainaga “bosqin” qilsa, dastlab sanksiya qo‘yiladi, “Shimoliy oqim-2” bloklanadi”, deydi Liz Trass.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

172

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing