Lavrov Blinken bilan gaplashib, AQSHni provokatsiyada aybladi

Olam

image

AQSHning Rossiyaning Ukrainaga qarshi tajovuzkorligi haqidagi tashviqot kampaniyasi provokatsion maqsadlarni ko‘zlamoqda. Bu haqda Kreml Tashki ishlar vaziri Sergey Lavrov AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken bilan telefon orqali suhbati chog‘ida aytib o‘tdi. 

Qayd etilishicha, bugun, 12 feral kuni Lavrov va Blinken o‘rtasidagi suhbat Amerika tomoni tashabbusi bilan bo‘lib o‘tgan.

“Vazir AQSH va uning ittifoqchilari tomonidan Ukrainaga qarshi “Rossiya agressiyasi” haqida boshlangan tashviqot kampaniyasi provokatsion maqsadlarni ko‘zlab, Kiyev hukumatining Minsk kelishuvlarini buzishga va “Donbass muammosini” kuch bilan hal etishga qaratilgan zararli urinishlarga undashini ta’kidladi”, deyiladi TIV xabarida. 

Shuningdek, Lavrov Blinkenga AQSH va NATOning Rossiyaning xavfsizlik kafolatlari bo‘yicha takliflariga javobi Moskva uchun asosiy qoidalarni e’tiborsiz qoldirishni anglatishini ta’kidlagan.

“TIV rahbari ta’kidlaganidek, Vashington va Bryusselning Rossiya-Amerika shartnomasi hamda NATO bilan biz taqdim etgan xavfsizlik kafolatlari to‘g‘risidagi kelishuv loyihasiga munosabati biz uchun, birinchi navbatda, ittifoqni kengaytirmaslik, shuningdek, Rossiya chegaralari yaqinida zarba beruvchi qurol tizimlarini joylashtirmaslik haqidagi asosiy qoidalarni e’tiborsiz qoldirish”, deyiladi xabarda. 

Shuningdek, Lavrov Blinkenga Yevro-Atlantika hududida xavfsizlik bo‘linmasligi bo‘yicha yuqori darajada qabul qilingan majburiyatlarni buzuvchi harakatlarga yo‘l qo‘yilmasligini eslatdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq, Sergey Lavrov  Buyuk Britaniya Tashqi ishlar vaziri  Liz Trass bilan muzokaralar o‘tkazgandi. Lavrov ushbu suhbatdan hafsalasi pir bo‘lganini aytib, muloqotni go‘yoki soqov va karlar suhbatiga o‘xshatgandi. Liz Trass esa “soqovlik” haqidagi ayblovlarni rad etgan. 

Ma’lumot o‘rnida, so‘nggi oylarda Rossiya va G‘arb o‘rtasidagi munosabatlar yanada keskinlashgan. Vashington va Bryussel Moskvani Ukrainaga “bosqin” tayyorlayotganlikda ayblamoqda va shu fonda Sharqiy Yevropada o‘z ishtirokini kuchaytirmoqda. AQSH Rossiya hujumga o‘tgan taqdirda unga sanksiyalar joriy qilishini aytib kelayotgandi.

Rossiyada barcha da’volar rad etilmoqda. Kreml va Tashqi ishlar vazirligi “tajovuzkorlik” hikoyalarining maqsadi Rossiya chegaralari yaqinida xorijiy guruh yaratish ekanligini bir necha bor ta’kidlagan. Ular, shuningdek, keskinlashuvning asosiy sababi qilib Ukrainani qurol-yarog‘  bilan ta’minlayotgan va shu orqali uni harbiy sarguzashtlar sari undayotgan AQSH va NATO harakatlarini ko‘rsatmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

187

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing