Lautaro Teoning “aftini bejab qo‘ydi”

Sport

image

“Inter” hujumchisi Lautaro Martines “Milan” himoyachisi Teo Ernandesning yuziga tupurgani haqida xabarlar tarqaldi.

Joriy yilning 5 fevral oqshomida o‘tkazilgan “Derby de la Madonnina”ning 90+5-daqiqasida Ernandec qizil kartochka olib maydonni tark etgandi. Fransiyalik futbolchi chetlatilganidan so‘ng  zinadan tushib ketayotganida, uchrashuvning 69-daqiqasida almashtirilgan “Inter” hujumchisi Martines raqibiga egilib, tupurayotgani vidoyetasvirga tushib qolgan.

Shundan so‘ng, Teo yana maydonda paydo bo‘ldi va Martinesga tashlandi, jamoadoshlari va xodimlar ularni ajratishga urindi.

Voqeaga munosabat bildirgan “TheMilanGuys” Twitter akkaunti shunday dedi: 

"Aftidan, Lautaro Martines qizil kartochkadan so‘ng Teoga tupurdi. Videoda u shunday qilgani aniq ko‘rinadi.
Ayniqsa, SOVID davrida, bu kamida 3-5 o‘yinga diskvalifikatsiyaga loyiqdir. Keling, A Seriya to‘g‘ri ish qiladimi, ko‘ramiz.”

Xabaringiz bor, Milan derbisida “Neradzurrilar” 1:2 hisobida mag‘lubiyatga uchradi. Aslida, bunday o‘yinlar janjallarsiz o‘tishi uchun “tuyaning dumi yerga tegish kerak”. Ammo, Lautaroning ishi hech qaysi prinsipga to‘g‘ri kelmaydi. Futbolchilar raqiblarining yuziga tuflaganiga ham guvoh bo‘lganimiz bor, lekin, unda dahanaki jang payti raqibining haqoratlagani evaziga shu ishni qilishardi. Bu safar-chi, fransuz “polyaning bir chekkasidan ketayotgan edi”, argentinalik esa raqibi biror nima deb qo‘ymasayam “kalla qo‘ydi”. Sabab qilib, chempionlik yo‘lidagi juda muhim uch ochko qo‘ldan chiqqanligini ko‘rsatish mumkin, ammo, bu sabab emas, bahona bo‘lishgagina yaraydi. 

Bugun, 8 fevral oqshomida A Seriya sport hakamlarining qarorlari e’lon qilinadi. Ko‘ramiz, yuqoridagi xabarlar qanchalik asosga ega.

 

Navro‘zbek Mamaziyoyev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

39

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing