Laureus Awards: Levandovski va Italiya terma jamoasi mukofotlandi

Sport

image

Red Bull piloti Maks Ferstappen Laureus Awards tomonidan 2021 yilning eng yaxshi erkak sportchisi, deb topildi. Maks o‘tgan yili “Formula-1” bo‘yicha jahon chempionatida g‘olib chiqqan edi.

Yilning eng yaxshi ayol sportchisi, deb yamaykalik sportchi Eleyn Tompson Xeru e’tirof etildi. Eleyn 2020 yilda Tokioda bo‘lib o‘tgan yozgi Olimpiya o‘yinlarida sportning yengil atletika turi bo‘yicha uchta oltin medalni qo‘lga kiritgandi.

“Sportdagi ajoyib yutuqlari uchun” Laureus Akademiyasining mukofoti Myunxenning “Bavariya” klubi va Polsha terma jamoasi hujumchisi Robert Levandovskiga nasib qildi.

2021 yilning eng yaxshi jamoasi, deb o‘tgan yili futbol bo‘yicha Yevropa chempionatida g‘olib chiqqan Italiya terma jamoasi topildi.

“Yilning eng yaxshi yutuqlari uchun” Laureus mukofoti 2021 yilgi AQSH ochiq chempionatida g‘olib chiqqan tennischi Emma Radukanuga topshirildi. Rossiyalik Daniil Medvedev ham ushbu mukofotga da’vogarlik qilgandi.

 

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

7

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing