Latviya parlamenti Rossiyani terrorizm homiysi deb e’lon qildi

Olam

image

Bugun, 11 avgust kuni Latviya Seymining Tashqi ishlar komissiyasi Rossiyani terrorizmni qo‘llab-quvvatlovchi davlat sifatida tan oldi. Tegishli bayonot komissiya saytida e’lon qilindi.

Bayonotda Moskvaning uzoq yillar davomida terrorchi rejim va tashkilotlarni qo‘llab-quvvatlagani va moliyalagani, xususan, Suriyaga qurol yetkazib bergani ta’kidlangan.

“Rossiya Ukrainada ham xuddi shunday, shafqatsiz, axloqsiz va noqonuniy taktikani, noaniq va xalqaro miqyosda taqiqlangan qurol va o‘q-dorilarni qo‘lladi, tinch aholi va jamoat joylarini ataylab nishonga oldi va bu bilan nafaqat katta jismoniy zarar yetkazdi, balki Ukraina jamiyatini ruhiy tushkunlikka solib, qo‘rqitishga ham harakat qildi”, deydi Seymning komissiya raisi Rixard Kols.

Komissiya a’zolari Yevropa Ittifoqi davlatlarini Rossiya fuqarolariga sayyohlik va kirish vizalarini berishni zudlik bilan to‘xtatishga ham chaqirgan.

Latviyaning Rossiyani terrorchi davlat sifatida tan olish niyati kuni kecha ma’lum bo‘lgan. Keyin esa Kols Rossiyaning Ukrainadagi harbiy amaliyotini tanqid qilib, uni vahshiylik deb atagan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

86

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing