“Latsio” futbolchisi avtohalokat natijasida halok bo‘ldi 

Sport

image
0:00
0:00
download

"Latsio" yoshlar jamoasining 19 yoshli yarim himoyachisi Daniel Gerini baxtsiz hodisa tufayli vafot etdi. Bu haqda "Gazzetta Dello Sport" xabar bergan.  

Hodisa 24 mart kuni soat 20:00 lar atrofida Italiya poytaxti Rimda sodir bo‘lgan. 

Politsiya surishtiruv ishlarini boshlagan. 

Manbada yozilishicha, yosh futbolchi "Smart" brendi avtomobilida ikki tengdoshi bilan ketayotgan bo‘lgan. Ularning mashinasi 68 yoshli erkak boshqarayotgan Mercedes bilan yuzma-yuz to‘qnashgan. 

Gerinining hamrohlari og‘ir ahvolda, Mercedes avtomobili haydovchisi esa shok holatida shifoxonaga yetkazilgan.

Daniel Gerini "Latsio"ga joriy yilning 21 yanvarida qo‘shilgan va yoshlar jamoasida 10 ta o‘yin o‘tkazgan. Italiya yoshlar jamoalarida yarim himoyachi jami 13ta o‘yin o‘tkazgan.


Maqola muallifi

Teglar

Daniel' Gerini

Baholaganlar

263

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar