Laporta “Barselona”ning Mbappega qiziqishi haqidagi mish-mishlarga munosabat bildirdi

Sport

image

Katta klublar yulduz futbolchilarga qiziqayotgani haqida bayonot berish va ommaga e’lon qilish erkinligiga ega. Shuning uchun, “Barselona” Kilian Mbappega qiziqish bildirgani masalasini muhokama qilish to‘g‘ri bo‘lmaydi. Bu haqda Kataloniya klubi prezidenti Joan Laportaning so‘zlariga tayanib, “Mundo Deportivo” nashri xabar berdi.

Shuningdek, Laportaning qo‘shimcha qilishicha, “ko‘k anorranglilar” o‘zini klub manfaatlaridan ustun qo‘yadigan futbolchilarni izlamaydi.

“Katta klublar yulduz futbolchilarga qiziqayotgani haqida bayonot berish va ommaga e’lon qilish erkinligiga ega. Biz futbol olami shunday ishlashini tushunamiz. Shuning uchun, men uni [Mbappeni] muhokama qilishni istamayman, chunki bu bilan men erisha oladigan yagona narsa bu klub manfaatlariga zarar yetkazishdir. Agar, klubimiz o‘z safiga qo‘shib olmoqchi bo‘lgan futbolchini muhokama qilsak, uning qiymatini oshiramiz. Shu bois, na bu futbolchi [Mbappe]  masalasida, na boshqa futbolchilarni transfer qilish haqida hech narsa demoqchi emasman. Menejerlarimiz tarkibni kuchaytirish ustida ishlamoqda. “Barselona” tobora yaxshilanib boradi va biz ishmizning natijasidan mamnunmiz. Men hammaga shuni aytmoqchimanki, klub biz uchun hamma narsadan ustundir. Biz o‘zini klubdan ustun qo‘yadigan o‘yinchilarni izlamoqchi emasmiz”,  degan“Barselona” prezidenti.

Ma’lumot o‘rnida, “Barselona” Ispaniya chempionatining joriy mavsumida 28 ta o‘yinda 54 ochko jamg‘argan holda, musobaqa jadvalining 3 o‘rinni band etib turibdi.

 

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

19

Reyting

2.7

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing