“Real” yoki “Liverpool”: Kimda chempionlikka imkoniyat ko‘proq?
Sport
−
28 may 2022
5749Bugun, 28 may kuni Fransiya poytaxti Parij shahridagi “Stade de France” stadionida Yevropa Chempionlar ligasi final uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.
Final bahsiga Ispaniyaning “Real Madrid” va Angliyaning “Liverpul” klublari yetib kelishdi. Qayd etish joizki, “Real Madrid” finalgacha bo‘lgan masofada raqibiga nisbatan ancha qiyin yo‘lni bosib o‘tdi. “Qirollik” klubi nimchorak final bosqichida Chempionlar ligasining asosiy favoritlaridan biri PSJni ikki o‘yin natijasiga ko‘ra, 3:2 hisobida mag‘lub etib, musobaqadan chiqarib yubordi.
Albatta, ko‘pchilik uchun “Real”ning natijasi kutilmagan bo‘ldi. Biroq madridliklar keyingi bosqichlarda “Chelsi” va “Manchester Siti”ni dog‘da qoldirib, finalga munosib ekanligini yana bir bor isbotladi. Ko‘pchilik ekspertlar tomonidan hal qiluvchi bahsda “Liverpul”ning imkoniyatlari yuqori baholanmoqda. Agarda, Yurgen Klopp shogirdlari ham mana shunday o‘ylashsa, uchrashuvdan so‘ng afsus chekishlari mumkin. Har holda “Real Madrid” bo‘shashgan raqiblarga shafqat qilmasligini ko‘p bora isbotladi.
"Real Madrid" umumiy hisobda Yevropa Chempionlar ligasining 16 ta finalida qatnashgan. Shulardan 13 tasida chempionlikni qo‘lga kiritgan. Bu musobaqa tarixidagi rekord natija hisoblanadi. Turnir Chempionlar ligasi deb nomlangach, madridliklar 7 ta finalda qatnashib, 7 g‘alaba marta g‘alaba qozongan.
“Liverpul”ning finalgacha yo‘li “Real”nikiga qaraganda, ancha oson bo‘ldi. Albatta, bunga asosiy raqobatchilarning kutilmaganda mag‘lubiyatga uchrashi ham sabab bo‘ldi. “Qizillar” nimchorak finalda Italiyaning “Inter” klubi qarshiligini sindirgan bo‘lsa, chorak finalda “Benfika”ni mag‘lub qilishdi. Yarim finalda esa Klopp shogirdlari YeCHLning bu mavsumi kashfiyoti bo‘lgan Ispaniyaning “Vilyarreal” jamoasini ikki o‘yin natijasiga ko‘ra, 5:2 hisobida mag‘lub etib, finalga yo‘l oldi. Qayd etish joizki, final bellashuvida ham liverpuliklarning imkoniyati yuqori baholanmoqda. “Qizillar” har doim namoyish qiladigan hujumkor futbollarini ko‘rsatishsa, “Real Madrid”ga oson bo‘lmaydi.
“Liverpul” turnir tarixida umumiy 9 marotaba finalga chiqqan. Shulardan oltitasida chempionga aylangan. 3 bor yutqazgan. Turnir zamonaviy ko‘rinishga kelgach, 4 ta finalda qatnashib, 2 tasida g‘alaba qozongan.
Jamoalarning taxminiy tarkiblari:
"Liverpul": Alisson, Aleksander-Arnold, Konate, van Deyk, Robertson, Xenderson, Fabino, Tyago, Salox, Mane, Luis Dias.
"Real": Kurtua, Karvaxal, Eder Militao, Alaba, Mendi, Kroos, Kazemiro, Modrich, Valverde, Benzema, Vinisius Junior.
Ma’ruf Abdumalikov
LiveBarchasi
Medvedev Xitoyga bordi.
10:15