Laporta “Barsa” qaysi chiziqlarni kuchaytirmoqchi ekanligini aytdi

Sport

image

Ispaniyaning “Barselona” klubi prezidenti Joan Laporta joriy yoz uchun klubning transfer kampaniyasi yakunlanmaganini va endigi maqsad himoya chizig‘ini mustahkamlash ekanini ma’lum qildi. Bu haqda Laportaning so‘zlariga tayanib, “Marca” nashri xabar berdi.

“Endi himoya ustida ishlash vaqti keldi. Xavi bir nechta futbolchilarga qiziqish bildirmoqda. Umid qilamanki, kataloniyaliklarda quvonish uchun yana bir nechta sabablar bo‘ladi. Biz Levandovski uchun PSJ va “Chelsi” kabi klublar bilan kurashgandik va u bizning jamoaga o‘tishni xohladi. Buning uchun Robertga rahmat, chunki u "Barsa"da kamroq maosh oladi”, degan Laporta.

Ma’lumot uchun, Frank Kesse va Andreas Kristensen erkin agent sifatida “Barselona” bilan shartnoma imzoladi. Shuningdek, “Lids” yarim himoyachisi Rafinya Diaz 58 million yevroga va Robert Levandovski “Bavariya”dan va 45+5 million yevro evaziga xarid qilindi.

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

26

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing