LAMINAM: Keramikadan ko‘prog‘i

Biznes

image

LAMINAM Italiyada asos topgan innovatsion ultra yupqa yirik formatli keramik qurilish mahsulotlari bo‘lib, bugun biz O‘zbekistonda ushbu brendning kengayishi haqida gaplashamiz.
 
Showroom LAMINAM 

Tadbirga yurtimizning eng nufuzli me’morlari va dizaynerlari taklif etildi. Ko‘rgazma zali joylashgan ofisning birinchi qavatida LAMINAM brendining taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Shuningdek, yangi GABITEX yashirin ichki eshiklari ham namoyish etildi.  

Saidakbar Axrarov, LAMINAM Uzbekistan direktori: 


 
— Bugun biz 3 qavatni birlashtirgan yangilangan ko‘rgazma zalini taqdim etmoqdamiz: namoyish maydoni, kovorking maydoni va ustaxona. Bizning kashfiyotimizning shiori – O‘z dunyoyingizni yarating! Biz mutaxassislarning samarali ishlashi uchun barcha zarur shart-sharoitlarni yaratishga astoydil harakat qildik va umid qilamizki, bizning ishimiz va mehnatlarimizga baho bera olasiz.   
 
LAMINAM ta’mirlash maktabi  


  
Bino quyi qavatida montaj ishlari uchun mas’ul bo‘lgan xodimlarni tayyorlash va keramik yuzalar bilan ishni namoyish etish uchun mo‘ljallangan ustaxona mavjud. LAMINAM keramik yuzalarining barcha afzalliklariga qaramay, muhim omil material bilan to‘g‘ri ishlashdir: agarda bu jarayonda professional bo‘lmagan ustalar shug‘ullansa, materialning har qanday ijobiy sifati qolmaydi.   

Zaur Yaxtanigov, LAMINAM biznesni rivojlantirish bo‘yicha menejeri: 

— Siz yaratgan har bir narsa sizning shahringiz qiyofasini shakllantiradi. Muvaffaqiyatli loyiha hal qiluvchi me’morlar, mutaxassislar va sifatli materiallarni talab qiladi. Bu yil amalga oshirgan barcha loyihalarimiz ushbu soha mutaxassislarining bizga bo‘lgan ishonchi tufayli amalga oshirildi. Buning uchun barchaga chuqur minnatdorligimni bildiraman! 

Kovorking maydoni
  
LAMINAM ofisining ikkinchi qavatida dizaynerlar, me’morlar va qurilish loyihalarida ishtirok etadiganlar uchun keng kovorking maydoni mavjud. Shuningdek, qavatda konferensiyalar o‘tkazish uchun ma’ruza zali mavjud. Kovorking zonasi – bu o‘ziga xos noyob platforma, bu yerda yangi ijodiy loyihalar paydo bo‘ladi va mutaxassislar o‘z bilimlarini kengaytirib, sohadagi tendensiyalarga rioya qilishlari mumkin.  
 
Tadbirda Maxsus mehmon sifatida Daria Vinogradova, “Vinogradova Architects” studiyasining bosh direktori qatnashdi
.   

— Biz LAMINAM bilan 2019 yildan buyon hamkorlik qilib kelmoqdamiz, chunki biz yuqori darajadagi me’moriy vazifalarni amalga oshirish uchun zarur material topdik. Mahsulot noyob, hatto, Rossiyada ham unga o‘xshashi yo‘q. Bunday sifatli, keng rang va to‘qima palitrali mahsulot yo‘q. Yuqori sifat darajasiga qaramay, narxlarni sifatga mosligi hurmatga sazovor – bu uni hamyonbob va qulay tanlovga aylantiradi.  
 
Ushbu material bilan ishlash uchun yuqori malakali mutaxassislar talab qilinadi, afsuski, ular kam va bu materialdan foydalanish imkoniyatini toraytirar edi. Endi esa bu masalani montaj brigadalari yangi materiallar bilan ishlashni va o‘z imkoniyatlarini kengaytirishni o‘rganadigan maktab ochilishi tufayli hal qilmoqdamiz. 

 
Ulug‘bek Xolmurodov, me’moriy dizayner:
  


— Bu oqshom bu yerda bo‘lish juda yoqimli. Brend bilan birinchi marta yozda tanishganman. 2020 yil oxirida LAMINAM markazi kengayish munosabati bilan taqdimotga yana bir bor taklif qilganimdan xursandman. Bularning barchasi behuda bo‘lmagan, umid qilamizki, biz uzoq muddatli va muvaffaqiyatli hamkorlik qilamiz.     
 

Ochilish marosimida LAMINAM biznesni rivojlantirish bo‘yicha menejeri Zaur Yaxtanigov amalga oshirilgan ishlar uchun o‘zbek LAMINAM jamoasiga minnatdorchilik sifatida kompaniya direktori Saidakbar Axrarovga LAMINAM rahbarlari tomonidan imzolangan esdalik yulduzini sovg‘a qildi.   

Tadbirning rasmiy qismi yakunida hamkorlik qilayotgan dizaynerlar va me’morlarga esdalik sovg‘alarini taqdim etildi.   

Boburxon Abdurahmonov, Chand bosh me’mori va rahbari:  


 
— Bunday tadbirda juda ko‘p tanish yuzlarni ko‘rish juda yoqimli. Bizning kompaniyamiz ushbu ajoyib LAMINAM mahsulotni topgunicha ancha ter to‘kdi. Katta loyihamizga biz turli xil ishlab chiqaruvchilarni ko‘rib chiqdik. Ammo yakunda LAMINAM ularning orasida eng yaxshisi va sifatlisi deb topdik. Ularga shu ruhda davom etishlarini tilayman.
 
Eduard Tyugay, “Lasphera” kompaniyasi:


 
— LAMINAM mahsulotlari o‘z xususiyatlariga ko‘ra noyobdir. Toshkent dizaynerlari tomonidan ishonch bilan ayta olaman: bizda LAMINAM kabi yangi mahsulotlar borligi quvontiradi, ular texnik jihatdan amalga oshirish jaroyinini osonlashtiradigan yanada qiziqarli loyihalarni yaratishga imkon beradi. Shuningdek, kompaniyaga bunday oqshomni tashkil qilgani va bizga shunday ajoyib materialarni taqdim etgani uchun minnatdorlik bildirmoqchiman.

Daria Xomich, interer bo‘yicha dizayner:  


 
— LAMINAM – bu sifatli mahsulot ishlab chiqaradigan professionallar jamoasi! Men har yili Toshkentda innovatsion loyihalar paydo bo‘lishidan, ularning natijalaridan amalda foydalanishimiz mumkinligidan chin dildan xursandman. Men kompaniyaga farovonlik, mamnun va baxtli mijozlarni tilayman va biz o‘z navbatida LAMINAM mahsulotlarini o‘z ishlarimiz bilan yanada ko‘proq tanitib va shu bilan odamlar hayotini yaxshilashga hissamizni qo‘shamiz. 

LAMINAM noyob shaklsiz presslash texnologiyasi asosiida Italiyaning Forano-Modenese va Borgo-Val-di-Taro shaharlarida va 2017 Rossiyada yangi ochilgan LAMINAM zavodlarida ishlab chiqariladi. Hajmi  1x3, 1.2x3, 1.62x3.24 metrda va qalinligi 3+, 5, 12+ va 20+ mmda harid qilish mumkin. Bugungi kunda LAMINAM loyihalari beshta qit’ada namoyish etilmoqda.

Telefon: +99871 2020020, +998 93 388 58 57 

Instagram Sayt

Reklama huquqi asosida


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

27

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing