La Liga TV huquqlardan Messi va Ronaldusiz qancha ishlab topdi

Sport

image

La Liga prezidenti Xaver Tebas Ispaniya va Fransiya chempionatlarining TV huquqlar ortidan keladigan daromadlarini solishtirdi. Bu haqda ESPN nashri xabar berdi.

“Mamlakat ichki chempionati rivojlanishi uchun nafaqat futbolchilar yoki klublarni rivojlantirish kerak. Balki boshqa omillar bilan ham shug‘ullanish kerak. Messi PSJga o‘tdi. Biroq Fransiya chempionatining daromadlari sezilarli darajada oshgani yo‘q. Misol uchun Liga 1 xalqaro tele huquqlarini sotishdan 70 million yevro ishlab oldi. Biz esa La Liganing tele huquqlarini sotish ortidan Messi va Krishtianu Ronaldusiz ham 900 million yevro ishlab oldik”, degan La Liga prezidenti.

Qayd etish joizki, Tebas ijtimoiy tarmoqlarda o‘zining munozarali chiqishlari bilan futbol jamoatchiligiga juda yaxshi ma’lum. Yaqinda PSJ Kilian Mbappe bilan “kosmik” narxda shartnoma imzoladi. Albatta, ushbu voqea ham La Liga rahbarining nazaridan chetda qolgani yo‘q. Tebasning iddao qilishicha, PSJ UEFA tomonidan belgilangan moliyaviy qoidalariga rioya qilmagan. Biroq UEFAning amaldagi rahbari Aleksandr Cheferin La Liga prezidentining iddaosini keskin rad etdi va PSJ hech qanday qonunbuzarlikka yo‘l qo‘ymaganini ta’kidladi.

Ma’lumot o‘rnida, 2021-2022 yilgi mavsumda La Liga chempionligi Madridning “Real” klubiga nasib etdi. Madridliklar azaliy raqibi “Barselona”ni 13 ochkoga ortda qoldirdi. Bu “los blankos”ning hisob bo‘yicha 35-chempionligi bo‘ldi.

 

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

22

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made