Kvas, cholob yoki gazli suv. Markaziy Osiyo ko‘chalarida odamlar chanqog‘ini qanday qondiradi?
Bu qiziq
−
09 iyul 2023 8109 2 daqiqa
Ayni damda Markaziy Osiyo davlatlarida jazirama yoz kuzatilmoqda. Bunday kunlarda odatda odamlar o‘zini yo soyaga olishga yoki chanqog‘ini bosishga harakat qiladi. Xo‘sh, Markaziy Osiyo ko‘chalarida qanday turdagi chanqovbosdi ichimliklar mashhur?
Qozog‘iston
Qozog‘istonda, ayniqsa, yirik shaharlarda ko‘cha ichimliklariga qarshi kurash olib borilmoqda. Masalan, Ostona, Olmaota shaharlarida sobiq Ittifoq davrida sevilgan kvas, gazli suv va hokazo kabi ichimliklarni deyarli topa olmaysiz.
Bu shaharlarda yangi tayyorlangan muzli shirinliklar yoki shishaga solingan alkogolsiz ichimliklar tobora ko‘proq iste’mol qilinmoqda. Shunga qaramay, shaharlarda kvasning ko‘cha savdosini uchratish mumkin.
O‘zbekiston
O‘zbekistonda kvas va mevali ichimliklar (mors) aholi orasida mashhur.
Garchi O‘zbekistonda sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi bir necha bor bochkalardan ichimlik ichmaslikka chaqirgan bo‘lsada, mahalliy aholi buni mamnuniyat bilan iste’mol qilmoqda.
Shu bilan birga, yo‘llarda avtomobil yo‘lovchilari va qishloq aholisi ayronni ko‘proq ma’qul ko‘radi.
Qirg‘iziston
Qirg‘izistonning yirik shaharlari ko‘chalarida bahordan kuzning boshigacha “chalap shoro” ichimligi ommabopdir. Siz bochkada sotiladigan ushbu ichimlikka odamlarning turnaqator navbatda turganini ko‘rishingiz mumkin.
Tojikiston
Tojikiston ko‘chalarida chanqovbosdi ichimliklardan gazli suv eng ko‘p sotiladi. Shuningdek, odamlar gavjum joylarda, masalan bozorlarda gilos, o‘rik va hatto apelsin ta’mli kompotlar sotiladi.
Bundan tashqari, “cholob” (qirg‘izcha “chalap sharo”ning tojikcha varianti) va “dug‘ob”ni ham do‘kon peshtaxtalarida uchratish mumkin.
Live
Barchasi