“Ko‘zbo‘yamachilik davom etyapti”. Prezident “Yashil makon” dasturidagi kamchiliklarni tanqid qildi

Jamiyat

image

“Yashil makon” dasturi doirasida bahor mavsumida 125 million tup ko‘chat ekish reja qilingan. Ammo ayrim hududlarda hali ham ishlar nomigagina tashkil etilib, ko‘zbo‘yamachilik davom etmoqda. Bu haqda bugun, 7 aprel kuni bo‘lib o‘tayotgan yig‘ilishda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ta’kidladi.

“Mavsum tugashiga ham ozgina vaqt qoldi. Lekin, bu borada qilingan ishlar ahvoli meni xavotirga solmoqda. Ayrim hududlarda hali ham ishlar nomigagina tashkil etilib, ko‘zbo‘yamachilik davom etayotgani to‘g‘risida menda ma’lumotlar yetarli”, deydi Prezident.

Prezidentga ko‘ra, joylarda haqiqatda ekilmagan jami 5 million tup ko‘chatlarni hisobotda qo‘shib yozish holatlari bor. Shu bois mutasaddilar aprel oyida barcha qoloqliklar va kamchiliklarni to‘liq bartaraf etishi lozim.

Umuman, aprel oyi yakuniga qadar viloyat hokimlari tegishli idoralar bilan birga: 

•  tumanlardagi yirik mahallalarga 20-30 ming, o‘rta mahallalarga – 10-15 ming, kichiklariga – 3-5 ming terak qalamchalari;

•  shaharlarning har bir mahallasiga 3-5 ming terak qalamchalari ekilishini ta’minlashi;

•  avtomobil yo‘llari bo‘yida kamida 5 million tup terak ko‘chatlari va qalamchalari ekishni tashkil qilishi shartligi ta’kidlandi.

Shuningdek, “Yashil makon” dasturi doirasida joriy yilda 700 kilometrdan ziyod yangi sug‘orish tizimi va 260 ta quduq o‘rnatilishi reja qilingan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

147

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing