Ko‘z qovoqlaridagi shish qanday xavfdan darak beradi?
Salomatlik
−
05 iyun 2020
94343Oftalmolog-jarroh Dmitriy Dementev shishgan ko‘z qovoqlarining xavfi haqida gapirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ular jiddiy kasalliklardan alomat bo‘lishi mumkin.
Uning so‘zlariga ko‘ra, shishlar sog‘lom odamlarda paydo bo‘lishi mumkin. Biroq ular ko‘pincha kam ovqatlangan, och, ishdan charchagan, stressli, doimo oz uxlaydigan va ko‘p miqdordagi tuz iste’mol qilgan odamlarda ko‘proq uchraydi.
Shu bilan birga, shunday “xavfli” kasalliklar mavjud-ki, ular ko‘z qovoqlarining shishishi bilan tasdiqlanishi mumkin.
"Ya’ni, agar odam doimiy ravishda yuqori va pastki qovoqlarning shishini kuzatsa, bu yurak-qon tomir tizimining kasalliklaridan dalolat beradi. Odatda bu pastki qovoqlarning shishida aks etadi... Odamda buyrak kasalliklari bo‘lsa, uning qovoqlaridagi shish sarg‘ish bo‘ladi. U ertasi yoki keyingi kunlarda ham ketmaydi”, dedi oftalmolog.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ko‘z qovoqlarining shishishi endokrin tizimdagi muammolar, qalqonsimon bez kasalliklari, shuningdek, ko‘z yoshi kanallari kasalliklari alomatidir.
Shifokorning tavsiyasiga ko‘ra, to‘g‘ri ovqatlanish, yaxshi dam olish bilan ko‘z qovoqlari yallig‘lanishining oldini olish mumkin. Uning ta’kidlashicha, kamida 8 soat uxlash, shuningdek, kuniga ikki litr suv ichish kerak.
LiveBarchasi