Kuvayt O‘zbekistonga 5,6 mln dollar ajratadi
Jamiyat
−
21 iyul 2020
9258Kuvayt O‘zbekistonga tibbiyot muassasalarini jihozlash uchun 5,6 mln dollar mablag‘ ajratadi. Bu haqda bugun, 21 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Furqat Sidikov Kuvayt arab iqtisodiy taraqqiyot jamg‘armasi (KAITJ) Bosh direktorining o‘rinbosari Marvan Abdulloh al-G‘onim bilan videokonferensiya shaklidagi muzokara vaqtida aytib o‘tildi.
Suhbat chog‘ida jamg‘armaning O‘zbekistondagi ijtimoiy-iqtisodiy loyihalarda, xususan qishloq hududlarida uy-joylar qurish, suv ta’minoti tizimini yaxshilash va aholini ichimlik suvi bilan ta’minlash sohasidagi ishtirokiga alohida e’tibor qaratildi.
KAITJ Bosh direktorining o‘rinbosari koronavirusga qarshi kurash doirasida O‘zbekiston tibbiyot muassasalarini zamonaviy tibbiy uskunalar bilan jihozlash uchun 5,6 million dollar miqdoridagi Jamg‘arma mablag‘larini yo‘naltirish to‘g‘risidagi O‘zbekiston tomonining taklifini qo‘llab-quvvatladi.
Muzokaralar yakuniga ko‘ra hamkorlikni yanada kengaytirish, jumladan KAITJ ishtirokida turli loyihalarni amalga oshirish to‘g‘risida kelishuvga erishildi.
LiveBarchasi