Kuvayt Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengashga a’zo bo‘ldi

Olam

image

Kuvayt Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengashga (OHICHK) a’zo davlat sifatida qo‘shildi. Bu haqdagi qaror Kengashning Ostonadagi VI sammitida qabul qilindi.

Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayevning ma’lum qilishicha, Quvayt o‘z arizasida OHICHKga a’zo davlat sifatida qo‘shilish niyatida ekanligini hamda OHICHK doirasida qabul qilingan va imzolangan tamoyil va qarorlarga rioya qilishga tayyorligini bildirgan.

“Kuvayt OHICHK Osiyoda tinchlik, xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlashga muhim hissa qo‘shishini ta’kidladi. Qolaversa, u OHICHK faoliyatini va uni yanada rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash niyatida ekanini ta’kidladi. Raislik qiluvchi tomoni (Qozog‘iston) Kuvaytning iltimosini to‘liq qo‘llab-quvvatlaydi. Oliy mansab egalari qo‘mitasi 2022 yil 10-11 oktyabr kunlari bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda Kuvaytga OHICHKga a’zo davlat maqomini berishni tavsiya qildi”, deydi To‘qayev o‘z chiqishida.

Kuvayt OHICHKning 28-a’zosi bo‘ldi.

Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengash – Osiyo qit’asi davlatlarini birlashtiruvchi xalqaro forum bo‘lib, o‘z oldiga mintaqada barqarorlik va xavfsizlikni ta’minlash maqsadida Osiyo davlatlari o‘rtasidagi munosabatlar va hamkorlikni mustahkamlash vazifasini qo‘yadi.

13-oktyabr kuni Ostona shahrida Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengashning VI sammiti bo‘lib o‘tyapti. Unda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ham ishtirok etyapti.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

51

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing