Kutilmaganda “Barselona” afsonasi faoliyatini yakunladi
Sport
−
04 noyabr 2022
5182Joriy yilning 10 noyabr kuni Toshkent shahridagi "Yunusobod" sport majmuasida O‘zbekiston boks federatsiyasining navbatdagi turniri bo‘lib o‘tadi.
Musobaqa doirasida jami 9 ta jang o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Ijtimoiy tarmoqlardagi chiqishlari orqali anchagina tanilib ulgurgan qo‘qonlik Abbosxon Yo‘ldoshev ham turnir doirasida ringga ko‘tariladi. Abbosxonga Qashqadaryo viloyati vakili Doston Pardayev raqiblik qiladi.
Ma’lumot uchun, Pardayevga qarshi jang Yo‘ldoshev uchun faoliyatidagi to‘rtinchisi bo‘ladi. So‘nggi jangini Abbosxon "Humo arena"da Shohruh Kenjayevga qarshi o‘tkazib, mag‘lubiyatga uchragandi.
Eslatib o‘tamiz, Yo‘ldoshev shu yilning mart oyida Bekzod Isadullayevga qarshi o‘tkazgan jangidan keyin bergan intervyusi orqali O‘zbekistonda juda mashhur bo‘lib ketgandi.
"Barselona" himoyachisi Jerar Pike ijtimoiy tarmoqda Kataloniya klubidagi faoliyatini yakunlagani haqida ma’lum qildi.
35 yoshli futbolchi xayrlashuv videosini joylashtirar ekan, La Liganing 13-turidan o‘rin olgan "Almeriya" bilan o‘yin Pike uchun "Barsa"dagi oxirgisi bo‘lishini bildirgan.
“Sizlar menga hamma narsani berdingiz va kichik bolaning orzulari ushaldi. Men sizga aytmoqchimanki, tugatish vaqti keldi. Men doim aytganman, "Barsa"dan keyin boshqa jamoaga o‘tmayman va shunday bo‘ldi ham. Shanba kuni mening "Kamp Nou"dagi so‘nggi o‘yinim bo‘ladi”, degan Pike videoda.
Jerer Pike "Barselona" tarbiyalanuvchisi, 2004 yilda u "Manchester Yunayted"ga o‘tdi, 2006 yilda himoyachi "Real Saragosa"ga bir yillik ijaraga berildi, 2008 yilda esa u "ko‘k-anorranglilar" safiga o‘tdi.
Bu vaqt ichida Pike "Barselona" bilan birgalikda sakkizta Ispaniya chempionligi, yettita Ispaniya kubogi, oltita Ispaniya Superkubogi, uchta Yevropa Chempionlar ligasi, uchta UEFA Superkubogi va klublar o‘rtasidagi Jahon chempionligini qo‘lga kiritdi. 2010 yilda u Ispaniyaning eng yaxshi himoyachisi deb topildi. O‘sha yili Ispaniya terma jamoasi safida Jahon chempioni bo‘ldi. Shuningdek, terma jamoa bilan Yevro-2012da ham g‘oliblikni qo‘lga kiritgan.
Yengil vazn toifasida yangi UFC chempioni Islom Maxachev Dog‘iston Respublikasining oliy mukofoti bilan taqdirlandi. "Dog‘iston Respublikasi oldidagi xizmatlari uchun" ordenini unga viloyat rahbari Sergey Melikov shaxsan topshirdi.
“Bu Dog‘istonning eng oliy mukofotidir va men Islomga orden topshirganimdan juda xursandman", deydi Melikov.
Mukofot bilan taqdirlangach Islom Maxachev ham o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
“UFC kamarini qo‘lga kiritganimdan xursandman. Bu natijam keyingi avlodga o‘rnak bo‘ladi. Bilamizki, bizda yigitlar ko‘p, barcha zallar to‘la. Bu holat hammamizga motivatsiya bo‘ladi. Men sizlardan farq qilmayman. Men faqat maqsad qo‘ydim, mashq qildim, ishondim. Dam olishga vaqtim yo‘q, allaqachon sport zaliga qaytib, mashg‘ulotlarni boshlab yubordim" , deydi Maxachev.
Eslatib o‘tamiz, 22 oktyabr kuni Maxachev Abu-Dabidagi UFC 280 musobaqasida Charlz Oliveyrani mag‘lub etib, yengil vazn toifasida chempionlik kamarini qo‘lga kiritgandi.
Quvonchbek G‘aybullayev
LiveBarchasi