Kurtua “Real”ning chempion bo‘lolmaganida hakamlarni aybladi

Sport

image

Yakuniga yetgan mavsum La Ligada chempionlik poygasi so‘nggi turga qadar qizg‘in davom etdi. Madrid jamoalari o‘rtasidagi kurashda “Atletiko” yutib chiqdi va uzoq kutilgan chempionlik titulini qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘ldi.

“Real”ning belgiyalik posboni Tibo Kurtua ayni damda terma jamoasi bilan Yevro-2020 ga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Kuni kecha u jurnalistlar bilan o‘tgan suhbatda yakuniga yetgan mavsum hamda klubidagi holat xususida so‘z yuritdi.

“La Liganing bu mavsumi har yilgidanda qizg‘inroq o‘tdi, bu aniq. To‘g‘ri, garchi “Atletiko” mavsum davomida hammadan oldinda yurganiga qaramay, biz ularga yetib olishga muvaffaq bo‘ldik, biroq yakun ko‘ngildagidek bo‘lmadi. Nachora.

Shubhasiz, sovrin yuta olmaganimizdan xafa bo‘ldik, bunda hakamlarning ham aybi yo‘q emas. Biz ikkinchi davrada bir necha bor bunga guvoh bo‘ldik. Oddiy o‘yinlarda hakamlarning bir necha noto‘g‘ri qarorlari bizni muhim ochkolardan mahrum qildi. Shular bo‘lmaganida kubokni qo‘lga kiritishimiz mumkin edi.

Futbolda hamma narsa bo‘lishi mumkin, men aynan birovni yomonlashni xohlamayman, ammo mas’ullar hakamlik masalalariga yanada jiddiy e’tibor bersa foydadan holi bo‘lmasdi”, deydi Tibo Kurtua.

Eslatib o‘tamiz, “Atletiko Madrid” Ispaniya chempionatining so‘nggi turida “Valyadolid”ni 1:2 hisobida qiyinchilik bilan yengib, 86 ochko to‘plagan holda chempionlikni qo‘lga kiritdi. “Real” esa 84 ochko bilan kumush medallarga ega chiqdi.

Abdulla Mannonov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

17

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing