O‘zbekistonda suvdan foydalanish limitlari belgilanadi

Jamiyat

image

Suvdan foydalanish va uyushmalar tomonidan suv limit asosida yetkazib berilishi hamda suv iste’molchilari tomonidan suvdan oqilona foydalanilishi ustidan tizimli ravishda nazorat o‘rnatiladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Suv iste’molchilari uyushmalari faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida keltirib o‘tilgan.

Hujjatda belgilanishicha, suv iste’moli rejalari, suv olish limitlari, biznes-rejalari uyushmaning umumiy yig‘ilishi tomonidan tasdiqlanadi;

•  uyushmalar tomonidan barcha suv iste’molchilariga ko‘rsatiladigan suv xo‘jaligi xizmatlari uchun to‘lovlar miqdori uyushmalarning umumiy yig‘ilishida har yili tasdiqlanadi hamda belgilangan tartibda shartnomalar asosida amalga oshiriladi;

•  2020 yil 1 yanvardan boshlab qishloq xo‘jaligi korxonalariga boshoqli don yetishtirish xarajatlarini moliyalashtirish maqsadida ajratiladigan kreditlar hisobidan uyushmalarga suv xo‘jaligi xizmati xarajatlari uchun ajratiladigan mablag‘ jami kreditlarning 1 foizidan kam bo‘lmagan miqdorda, paxta xomashyosini yetishtirish xarajatlarini moliyalashtirish uchun ajratiladigan kreditlarda esa 2 foizdan kam bo‘lmagan miqdorda belgilanishi tavsiya etiladi.

•  suv iste’molchilari tomonidan ularga uyushmalar ko‘rsatadigan xizmatlar uchun to‘lov majburiy hisoblanadi.

•  O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi suvdan foydalanish va suv iste’moli bo‘yicha qonun hujjatlari talablariga amal qilinishi, uyushmalar tomonidan suv limit asosida yetkazib berilishi hamda suv iste’molchilari tomonidan suvdan oqilona foydalanilishi ustidan tizimli ravishda nazorat o‘rnatadi.

Ma’lumot uchun, mazkur qaror 11 dekabr sanasidan e’tiboran kuchga kirgan.

 


Maqola muallifi

Teglar

Suv iste'molchilari uyushmalari suv olish limitlari

Baholaganlar

45

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar