Kunduzi “fara”larni yoqib yurish talabi bekor qilindi
Jamiyat
−
18 dekabr 2020
7738Joriy yilning 17 dekabr sanasida keng jamoatchilikning fikrini inobatga olgan holda, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi 796-son qarori qabul qilindi. Bu haqda YHXBB Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, Vazirlar Mahkamasining mazkur qarori asosida, barcha avtomototransport vositalari uchun yaqinni yorituvchi chiroqlarini yoki kunduzgi signal chiroqlarini yoqib harakatlanish talabi bekor qilingan.
Endilikda mazkur talab faqatgina quyidagi 6 ta holat bo‘yicha majburiy etib belgilandi:
- transport vositalari tashkiliy jamlanma safida harakatlanayotganda;
- yo‘lovchilarni tashiyotgan avtobus va yo‘nalishli transport vositalarida;
- bolalar guruhini tashkiliy tashishda;
- xavfli, katta o‘lchamli va og‘ir vaznli yuklarni tashishda;
- mexanik transport vositalarini shatakka olishda;
- mototsikl va mopedlarda.
Xabargako‘ra, ushbu talablar yo‘llarda harakat xavfsizligini ta’minlashga, shuningdek, yo‘l harakati ishtirokchilarining hayoti va sog‘lig‘ini asrashga xizmat qiladi.
LiveBarchasi