Kun oxirida koronavirusga chalinganlar 7 nafarga ortdi

Jamiyat

image

28 may soat 23:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 7 nafarga ortib, 3444 nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 3 nafari Samarqand viloyatida aholi orasidan aniqlangan. Shuningdek, shu yilning 26 mayida Qozog‘istondan Toshkent viloyatidagi chegara posti orqali kirib kelgan 4 nafar xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisida tasdiqlangan.

Ayni paytda O‘zbekistonda 2694 (+26) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar butunlay sog‘aydi. 

Avval xabar qilganimizdek, tuzalganlarning 5 nafari Andijon viloyati, 4 nafari Samarqand viloyati hamda 17 nafari Toshkent shahridan.

Hozirda mamlakatda davolanayotgan 736 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 5 nafari og‘ir, 1 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

258

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing