“Ko‘mir qiroli” vafot etdi
Olam
−
12:28 13127 2 daqiqa
Qirg‘izistondagi siyosatchi va videobloger, “ko‘mir qiroli” nomi bilan tanilgan Nurlan Motuyev 57 yoshida vafot etdi. Bu haqda uning akasi Nurdin Motuyev xabar qildi.
Ma’lum qilinishicha, Motuyevyning o‘lim sababi hozircha aniqlashtirilmagan. U mashhurlikka 2000 yillar o‘rtalarida, Norin viloyatidagi Qora-Keche ko‘mir konini o‘zlashtirish bilan shug‘ullangan vaqtda erishgan. Qirg‘izistondagi 2005 yil mart oyida yuz bergan ommaviy norozilik namoyishlari va hokimiyat almashinuvi – “Lola inqilobi”dan keyin u korxona ustidan nazorat o‘rnatib olgan.
O‘sha davrda sobiq prezident Askar Akayev atrofidagilar bilan bog‘liq rahbariyat tabiiy boyliklarni tasarruf etish huquqiga ega emasligini bildirgan. Qora-Kecheni egallab olganidan so‘ng Nurlan Motuyevga “ko‘mir qiroli” laqabi berilgan. Uning o‘zi esa bu laqabga qarshi chiqmagan.
2006 yil bahorida Motuyev IIV xodimlari tomonidan qo‘lga olingan. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, konda qariyb 168 ming tonna ko‘mir yetishmagani aniqlangan, yetkazilgan zarar esa 71 million somdan ortiq baholangan. Keyinchalik davlat kon ustidan nazoratni qayta tiklagan.
U siyosiy faoliyat bilan ham faol shug‘ullangan. Jumladan, 2009 yilda Nurlan Motuyev Qirg‘iziston prezidentligiga nomzodini qo‘ygan. Ma’lumotlarga qaraganda, Ssylovda u saylovchilar ovozlarining bir foizidan kamrog‘ini olgan. So‘nggi yillarda esa “ko‘mir qiroli” ijtimoiy tarmoqlarda faol bloger sifatida tanilgan.

Live
Barchasi