Kuman yangi mavsum uchun asosiy “nishoni”ni belgiladi

Sport

image
0:00
0:00
download

Ispaniyaning "Barselona" klubi so‘nggi paytda eng ko‘p tilga olinayotgan "Borussiya Dortmund"ning yosh iqtidorli hujumchisi Erling Holandni o‘z safida ko‘rishni xohlaydigan klublar qatoriga qo‘shildi. Bundesligada qayd etayotgan natijalari uning bunga naqadar munosib ekanligini ko‘rsatib turibdi. Kamp Noudagi yulduzlar soni norveg o‘g‘loni bilan boyishi mumkin.

"Barselona" rahbariyati klub bosh murabbiyi Ronald Kumanga yana bir mavsum imkoniyat berishga qaror qilgandi. Kuman kelasi mavsum uchun jamoani shakllantirishda Holandni asosiy "nishon" sifatida ko‘rmoqda, deyiladi AS nashri xabarida.

Holandga "ko‘k-anorranglilar"dan tashqari "Real Madrid", "Manchester Siti", "Chelsi", "PSJ", "Yuventus" va "Liverpul" klublari ham qiziqish bildirmoqda.

Ma’lumot o‘rnida Erling Holand Dortmund shahri bosh klubi safida joriy mavsumda 21 o‘yinda maydonga tushgan va 21 ta gol hamda 5 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Jamoasining 48 foiz gollari uning ishtirokida amalga oshiriladi.

Shuningdek, Kuman "Manchester Siti" himoyachisi Erik Garsiya, "Lion" sardori Memfis Depay va yaqin orada "Liverpul"dan erkin agent sifatida tark etishi kutilayotgan Jorjino Viynaldumga ham ko‘z tikmoqda.

Mansurbek Ne’matov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

354

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing