Kuleba Bolgariyadan Ukrainani qurol-yarog‘ bilan ta’minlashni so‘radi 

Olam

image

Ukraina Tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba Yevropa Ittifoqi va NATO davlatlarini o‘z mamlakatini qurol-yarog‘ bilan ta’minlashda davom etishga chaqirib, Bolgariya hukumati Kiyevga yordam berish uchun qo‘lidan kelgan barcha ishni qilishiga umid bildirdi. Bu haqda u Bolgariyaga rasmiy tashrifi doirasida respublika Prezidenti Rumen Radev bilan uchrashuvida so‘z ochgan.

Muzokaralar davomida TIV rahbari Bolgariya hukumatidan Ukrainaga qurol-yarog‘ yetkazib berishini so‘ragan. 

“Biz Yevropa Ittifoqi va NATOga a’zo barcha davlatlarga jangovar samolyotlardan tortib, zirhgacha bo‘lgan qurollar ro‘yxatini taqdim etdik. Bolgariya ikkala tashkilotga ham a’zo. Biz bu davlatning milliy manfaatlarini hurmat qilgan holda talab qilmaymiz, balki so‘raymiz”, deydi Kuleba.

Vazirning so‘zlariga ko‘ra, boshqa davlatlarning Ukrainaga yordami faqat harbiy soha bilan cheklanmaydi. 

“Biz Bolgariyaning ukrainalik qochqinlarga mezbonlik qilayotgani va mamlakatimizning Yevropa Ittifoqiga integratsiyalashuvida Sofiyaning yordamini qadrlaymiz. Umid qilamanki, Bolgariya hukumati Kiyevga yordam berish imkoniyatini ko‘rib chiqadi”, deydi u. 

U, shuningdek, Qora dengiz mintaqasida tinchlik va farovonlikni o‘rnatish uchun Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirishga chaqirgan. 

Bolgariya rahbari o‘z navbatida, urushning ilk kunlaridanoq Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishini qoralab, Moskvaga qarshi sanksiyalarni qo‘llab-quvvatlaganini aytib o‘tgan. 

“Bolgariya ukrainalik qochqinlar uchun eshiklarni ochdi. Mamlakatimizda 91 mingdan ortiq ukrainalik boshpana topdi”, deydi Radev.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

128

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing