Ko‘ksaroyda Mo‘g‘uliston Prezidenti rasmiy kutib olindi
Jamiyat
−
24 iyun 2024 5788 1 daqiqa
Bugun, 24 iyun kuni Ko‘ksaroy qarorgohida O‘zbekistonga davlat tashrifini amalga oshirayotgan Mo‘g‘uliston Prezidenti Uxnaagiyn Xurelsuxni rasmiy kutib olish marosimi bo‘ldi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Qarorgoh oldidagi maydonda faxriy qorovul saf tortdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev oliy martabali mehmonni samimiy kutib oldi va shohsupaga taklif qildi. Harbiy orkestr ikki mamlakat davlat madhiyalarini ijro etdi.

Yetakchilar faxriy qorovul safi oldidan o‘tib, rasmiy delegatsiyalar a’zolarini qutladi.

Birgalikda suratga tushish marosimidan so‘ng oliy darajadagi muzokaralar boshlandi.

Live
BarchasiNavoiyda Qorbobolar paradi o‘tkazildi
25 dekabr
Mariya Zaxarova 50 yoshga to‘ldi
25 dekabr