Kuk orollari Bosh vaziri o‘zini 17 rahbarlik lavozimiga tayinladi

Olam

image

Kuk orollari Hukumati rahbari Mark Braun o‘zini davlatning 17 ta yuqori lavozimiga tayinladi. Bu haqda “The Guardian” xabar berdi.

Braun Bosh vazir lavozimidan tashqari, tashqi ishlar, immigratsiya, moliya, energetika va qayta tiklanuvchi resurslar, politsiya hamda telekommunikatsiya vaziri lavozimlarini ham egallagan. U shuningdek, suv osti mineral va tabiiy resurslar, pensiya ta’minoti va boshqa sohalarga javobgan. Mamlakat Bosh prokurori lavozimi ham Braunga nasib qilgan.

Muxolifat yetakchisi Tina Brunning so‘zlariga ko‘ra, lavozimlarning bunday taqsimlanishi Bosh vazir Hukumatning boshqa a’zolariga ishonmasligi bilan bog‘liq.

Yaqin oylarda Bosh vazir o‘zidagi lavozimlardan boshqalarga ham berishi kutilyapti.

Kuk orollari arxipelag va Yangi Zelandiya bilan erkin assotsiatsiyada bo‘lgan davlat hisoblanadi. Uning aholisi Yangi Zelandiya fuqaroligiga ega, davlat rahbari esa qirolicha Yelizaveta II hisoblanadi. Orollar rahbariyati barcha ichki ishlarni o‘zi nazorat qiladi, Yangi Zelandiya esa mudofaa va tashqi ishlar uchun javob beradi. Orollar tarkibiga 15 ta orol kiradi, ulardan 3 tasi kimsasiz hisoblanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Kuk orollari Mark Braun

Baholaganlar

97

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing