Kuchli yomg‘ir sabab Moskva ko‘chalari daryoga aylandi

Olam

image
0:00
0:00
download

Bugun, 28 iyun kuni tushdan keyin Moskva viloyatini momaqaldiroq bilan kuchli yomg‘ir qamrab oldi. Ushbu tabiiy ofat Moskva yaqinidagi Ramenskoye, Jukovskiy, Lyubersi va Kolomna shaharlariga qadar yoyilgan. Noqulay ob-havo aks-sadolari poytaxtning janubi-sharqiy tumanlarida ham qayd etilmoqda. Bu haqda mahalliy OAV xabar berdi.

Ma’lum qilinishcha, kuchli shamol va yomg‘irning boshlanishidan oldin Gidrometeorologiya markazi sinoptiklari ogohlantirish bergan. Unga ko‘ra, janubi-g‘arbdan kirib kelgan faol frontal hudud 28 iyun kunining oxirigacha saqlanib qoladi. Moskva viloyatida kuchli yog‘ingarchilik, momaqaldiroq, do‘l, shamol bo‘ladi.

Xabarlarga ko‘ra, kuchli yog‘ingarchilik oqibatida avtotransport yo‘llari suvga to‘lib qolgan, avtomobillar yo‘lda ketayotib o‘chib qolmoqda, metro va yerosti yo‘laklariga ham suv yig‘ilib qolmoqda, yomg‘ir suvi, hatto, ba’zi binolarning birinchi qavatiga sizib kirmoqda. Ma’lum qilinishicha, bunday ob-havo sharoiti kamida kunning oxirigacha davom etadi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, kuchli yomg‘ir tufayli elektr tarmoqlarida “avariya” holatlari yuz bergan. Buning oqibatida 15 mingdan ortiq aholi elektr energiyasi ta’minotidan uzilib qolgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

82

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing