Kuchli shamol oqibatida bolalar halok bo‘ldi
Olam
−
16 dekabr 2021
7132Avstraliya maktabida puflanuvchi batutli “qal’a”ning kuchli shamol ta’sirida qulashi oqibatida besh bola halok bo‘ldi va yana to‘rt nafari og‘ir jarohat oldi.
Voqea bugun, 16 dekabr mahalliy vaqt bilan soat 10:00 da Tasmaniyaning Devonport shahridagi Hillsrest boshlang‘ich maktabida sodir bo‘lgan. Maktab o‘quvchilari bu paytda Rojdestvo ta’tilidan oldin darslarning so‘nggi haftasini nishonlayotgan edi.
Politsiyaning aytishicha, bolalar batutdan 10 metr (32 fut) balandlikdan qulagan. Qurbonlar 10-12 yoshli oltinchi sinfda o‘qiydigan o‘g‘il va qizlar ekani aytilmoqda. Voqea ortidan bir necha qutqaruv vertolyotlari va tez yordam mashinalari jarohatlanganlarni shifoxonalarga yetkazish uchun yetib kelgan. To‘rt bola shamol “qal’a”ni havoga uloqtirgandan keyin yiqilib, halok bo‘lgan. Beshinchisi esa shifoxonada jon bergan. Qolgan to‘rt nafar o‘quvchi hozirda shifoxonada davolanmoqda.
Mahalliy ob-havo xizmatlari voqeaga Tasmaniyaning shimoliy qirg‘og‘idan esgan kuchli shamol sabab bo‘lganini ta’kidlamoqda. Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, tergov-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Shu singari halokatli hodisalar 2019 yilda Xitoyda ham sodir bo‘lib, ko‘pchilik xalok bo‘lgandi.
Munira Tursunova
LiveBarchasi