Kuchli raqibiga yutqazgan Abdusattorov bugun hindistonlik shaxmatchiga qarshi dona suradi

Sport

image

Germaniyaning Dyusseldorf shahrida o‘tkazilayotgan nufuzli “WR Chess Masters” turnirining 3-tur o‘yinlari o‘tkazildi. Bu turda o‘zbekistonlik grossmeyster Nodirbek Abdusattorov amerikalik tajribali shaxmatchi Levon Aronyanga qarshi dona surdi.

Qora donalarda harakat qilgan Nodirbek yakunda raqibiga imkoniyatni boy berdi va musobaqa jadvalida 5-o‘ringa tushib ketdi. Nodirbekdan ustun kelgan Aronyan esa turnir jadvalida yetakchilikni qo‘liga oldi.

Turnirda umumiy hisobda 9 ta tur o‘tkaziladi. Jadvalda  Aronyandan tashqari yana bir amerikalik shaxmat ustasi Uesley So, hindistonlik Gukesh Domardju va Niderlandiya vakili Anish Giri Nodirbekni ortda qoldirmoqda.

Nodirbek Abdusattorov bugun, 19 fevral kuni 4-turda hindistonlik Praggnanandhga qarshi oq donalarda o‘ynaydi. Bahs Toshkent vaqti bilan soat 18:15 da boshlanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing