Kuchishlatar tizimlarda 300 dan ortiq nafaqa yoshidagilar rahbar lavozimida ishlamoqda (video)

Jamiyat

image

Huquq-tartibot tizimida xizmat o‘tash chegarasi polkovniklar uchun 55 yosh, generallar uchun 60 yosh bo‘lsa-da, hozir bu yoshdan oshgan 300 dan ortiq xodim rahbarlik lavozimida ishlamoqda. Bu haqda joriy yilning 27 yanvar kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi huzuridagi Qo‘riqlash boshqarmasida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida ma’lum qilindi. 

Qayd etilishicha, ichki ishlarda 153 nafar, prokuraturada 135 nafar, bojxonada 23 nafar va milliy gvardiyada 8 nafar rahbar xodim allaqachon nafaqa yoshiga yetgan bo‘lsa ham joyini bo‘shatish niyatida emas. Ko‘rsatuvda aytilishicha, shuning uchun ham ushbu tizimga yangi qon quyilishi lozim. Bu esa yosh masalasiga bog‘langan. 

Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrida xavfsiz muhitni shakllantirish hamda jamoat xavfsizligini samarali ta’minlash bo‘yicha namunaviy amaliyotni yaratish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig‘ilishida ana shu katta masalaga yechim topish xususida ham alohida to‘xtalib o‘tgan.

“Umuman, hozirgi davrning o‘zi rahbarlardan zamonaviy bilim, yondashuv va tashabbuskorligini talab qilyapti. Bizga yuqori kasbiy kompetensiyaga ega, talabchan yosh rahbarlar korpusi havoday zarur. Masalan, Qudratxo‘jayev (sobiq favqulodda vaziyatlar vaziri – tahr.) o‘z tizimidagi ellik yoshdan oshgan harbiy xizmatchilarning rahbar lavozimidan qoldirmadi. Qurbonov, Toshpo‘latov, Yo‘ldoshov, Valiyev, Jo‘rayev, Mavlonov. Bir oy muddatda rahbarlikka yosh kadrlarni qo‘yib, pensiya yoshidagilarni tajribasidan murabbiy va o‘qituvchi sifatida foydalanish va mahallada yoshlarga ustozlik qilayotgan tizim yaratsin”, degan Prezident.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ichki ishlar vazirligi tizimida davlat xaridlarida 186 milliard so‘m byudjet mablag‘i o‘zlashtirilgani aniqlanib, vazir o‘rinbosari Bekmurod Abdullayev va departament boshlig‘i Rustam Tursunovga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan edi.  


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent Prezident Shavkat Mirziyoev Ichki ishlar Huquq-tartibot

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing