Ko‘chat ekish bo‘yicha dolzarb 40 kunlik e’lon qilindi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda joriy yilning 20 oktyabridan 1 dekabrigacha ko‘chat ekish bo‘yicha dolzarb 40 kunlik e’lon qilindi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida bugun, 11 oktyabr kuni o‘tkazilgan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida amalga oshirilgan ishlar hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar mavzusidagi videoselektor yig‘ilishida ma’lum qilindi.

Yig‘ilishda “Yashil makon” umummilliy loyihasining borishi ham ko‘rib chiqilgan. 

“Yashil makon” doirasida yil yakuniga qadar 75 million dona va 2023 yil bahor oylarida yana 125 million dona mevali va manzarali ko‘chatlar ekish vazifasi qo‘yilgan.

Qayd etilishicha, o‘tgan yilgi tajribadan kelib chiqib, 20 oktyabrdan 1 dekabrgacha ko‘chat ekish bo‘yicha dolzarb 40 kunlik e’lon qilinadi.

Yig‘ilishda aholi xonadonlarida va dala chetlarida ko‘proq mevali daraxtlar va sabzavot ekishni faol targ‘ib qilishi kerakligi ta’kidlandi.

“Daraxt havas bilan ekilishi, xalqimiz, mahallalarimizning madaniyatiga aylanishi lozim”, deydi Prezident.

Viloyat hokimlariga kuz mavsumida kam ta’minlangan 500 ming xonadonga 10 tupdan mevali daraxtlar ko‘chatini bepul tarqatish topshirildi.

Yig‘ilish yakunida mutasaddilarning hisoboti va takliflari eshitildi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

174

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing