Ko‘chalarda qo‘shimcha patrullik yo‘nalishlari va postlar tashkil etiladi
Jamiyat
−
21 Sentabr 2021
7445O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining “Yirik shaharlarda, viloyatlar va tumanlar markazlarida tunu kun faoliyat yurituvchi savdo va xizmat ko‘rsatish ob’ektlari joylashgan hududlarda jamoat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, savdo va xizmat ko‘rsatish ob’ektlarining 24 soat mobaynida tunu kun faoliyat yuritishga doir jamoat xavfsizligi bo‘yicha soddalashtirilgan talablar o‘rnatiladi. Bunda Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya, Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan:
• yirik shaharlarda, viloyatlar va tumanlar markazlarida tashkil etiladigan savdo va ko‘ngilochar ko‘chalarda qo‘shimcha patrullik yo‘nalishlari va postlar tashkil etiladi;
• xizmatga jalb qilingan naryadlarning zichligini oshirishni nazarda tutgan holda mavjud kuch-vositalar taqsimotiga tegishli o‘zgartirishlar kiritiladi;
• tadbirkorlar mol-mulkini qo‘riqlash, har xil favqulodda holatlarning oldini olish bo‘yicha qo‘shimcha choralar ko‘riladi.
Qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran 3 oy o‘tgach kuchga kiradi.
LiveBarchasi