Kubada olti general deyarli bir vaqtning o‘zida vafot etdi. O‘lim sabablari shubhali 

Olam

image

Kubada olti nafar taniqli va nufuzli general deyarli bir vaqtda vafot etdi. O‘limlarning rasmiy sababi sifatida koronavirus ko‘rsatilgan, ammo ko‘pchilik bunga shubha bilan qaramoqda. Bu haqda “Segodnya” nashri ma’lum qildi.

10 kun ichida olti yuqori martabali harbiy vafot etdi, ularning barchasi Fidel Kastroning maslakdoshi va Kuba inqilobining qahramonlari edi. Rasmiy manbalar ularning COVID-19 qurboni bo‘lganini ta’kidladi. Ammo siyosatshunoslar harbiylarning bir vaqtda vafot etganiga shubha qilyapti.

“Generallarning Kubada boshlangan faol noroziliklar tufayli o‘tkazilgan umumiy yig‘ilishdan so‘ng COVID-19 bilan kasallangani aytildi. Marhumlarning barchasi 70 yoshdan oshgan, ularni haqiqatan ham global pandemiya tufayli vafot etgan, deb taxmin qilish mumkin. Biroq o‘z o‘rnida shubhalar tug‘iladi, chunki butun Kuba xavfsizlik kuchlari koronavirusga qarshi emlangan edi”, deydi xalqaro siyosatshunos Kirill Barashkov.

Yana bir siyosatshunos Vitaliy Kulik esa rasmiylardan birortasi yollagan qotil marhum generallarni amaldagi Prezidentga qarshi turmasligi uchun yo‘ldan olib tashlagan, degan fikrni bildirgan.

“Ishonchim komilki, bu generallar emlangan va tibbiy yordam olgan. Bir vaqtning o‘zida bir nechta taniqli generallarning o‘limi shuni ko‘rsatadiki, siyosiy rahbariyat yoki rahbariyat qo‘lidagi biror kishi ehtimol, amaldagi Prezidentga qarshi turishi mumkin bo‘lgan fondistlarni yo‘ldan olib tashlagan”, deydi siyosatshunos.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, Kubaning amaldagi Prezidenti Migel Dias-Kanel o‘tirgan o‘rindiq xavf ostida. Vafot etgan generallar esa unga qarshi harbiy to‘ntarish o‘tqazishi mumkin edi. Tabiiyki harbiy forma kiyganlar ularni qo‘llab-quvvatlagan bo‘lardi. Shu sabab Prezident hokimiyatni saqlab qolishda o‘zi uchun xavf deb bilganlarni “yo‘q” qilgan bo‘lishi mumkin.

Ma’lumot o‘rnida, Kubada deyarli bir oydan buyon norozilik namoyishlari davom etyapti. 2021 yil 11 iyul kuni orolning Gavana va boshqa shaharlarida bir necha minglab aholi kommunistik hukumatga qarshi keng ko‘lamli norozilik namoyishlarini uyushtirdi. Bu namoyish qariyb 30 yil ichidagi eng yirigi deb baholangan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

363

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing