Gilosdan qanday qilib asal olish mumkin?

Bu qiziq

image

Mutaxassislar har kuni 300 gr. yangi uzilgan gilos iste’mol qilish inson salomatligi uchun foydali ekanini ta’kidlaydi.

Kunlar isishi bilan avval qulupnaylarning yuzi qizarib, tutlar bag‘ri bolga to‘la boshlagan bo‘lsa, endi daraxt shoxlari orasidan giloslar mo‘raladi. 


Gilos bundan 8 ming yil muqaddam ham insoniyatga mo‘’jizaviy kuchini ato etib kelgan. O‘zbekistonda uning to‘q qizil va sariq navlari keng tarqalgan. Mutaxassislar har kuni 300 gr. yangi uzilgan gilos iste’mol qilish inson salomatligi uchun foydali ekanini ta’kidlaydi. U quvvat bag‘ishlovchi ne’mat sifatida tavsiya etiladi. 

Gilos mevasi o‘zining vitaminlarga boyligi bilan ham ajralib turadi. Vujudimizda kechuvchi moddalar almashinuvi jarayonida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan kalsiy, temir, magniy, fosfor, kaliy, natriy minerallariga ham boy hisoblanadi. Xalq tabobatida uning gulidan bod kasalligini davolashda keng foydalaniladi. Qiyg‘os gullagan gilos gullaridan foydali va shifobaxsh asal olinadi. Asalarilar bir gektar giloszordan o‘rtacha 35 kilogramm toza asal yig‘ib olishadi. 

Gilos mevasining qaynatmasi yoki sharbati isitma tushiruvchi, shamollashda quvvat bag‘ishlovchi vosita sifatida ichiladi. Uning mevasidan tabobatda ko‘pgina kasalliklarning oldini olish va davolash maqsadida foydalaniladi. 

Jumladan: 

Gilos buyrak va jigar faoliyatini yaxshilab, qon aylanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Gipertoniya bilan og‘rigan bemorlar uchun faol birikmalarga boy bo‘lgan to‘q qizil gilosning eng foydali miqdori kuniga 250-300 grammni tashkil etadi. 

Shu bilan birga, gilos mevalari organik kislotalar, saxaroza (fruktoza, glyukoza), RR va V6 vitaminlari, yod, ftor, xrom, kremniy, nikel, rux, marganets singari mikroelement¬lar, pektinlar, flavonoidlar guruhiga mansub antotsianlarni o‘zida saqlab, salomatligimizni mustahkamlashda ko‘maklashadi. Shuningdek, uning tarkibida V1, V2, RR, S vitaminlari, karotin, kaliy, magniy, fosfor, temir bor. 

Gilosning yangi va quritilgan mevalari peshob yo‘lidagi tosh kasalliklari, gijja, dizenteriya, ko‘z o‘tkirligining pasayishida ham qo‘llaniladi. 

Artrit, revmatizm va podagrada og‘riqlarni kamaytirish uchun yangi uzilgan shirin gilos mevasining 15 donasi yoki quyuq gilos sharbati osh qoshiq yoxud bu mevaning kompoti qaynatmasini kuniga uch mahal iste’mol qilish tavsiya etiladi. Ushbu qaynatma quyidagicha tayyorlanadi: 1 litr suv qaynagandan so‘ng unga uncha to‘la bo‘lmagan bir hovuch meva solinadi va past olovda 7 daqiqa qaynatiladi. So‘ngra olovdan olinib, og‘zi bekitilgan holda 20 daqiqa dam beriladi. Qaynatmadan bir kunda kamida 0,5 litr iste’mol qilish lozim. 

Ichak vorsinkalari faoliyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun gilos mevalari ichaklar atoniya¬si (ichak faoliyati susayishi), kolit (qabziyat) va boshqa ichki xastaliklarda davo sifatida qo‘llaniladi. 

Gilos sharbati va qaynatmasi ovqat hazm qilishi tizimi faoliyatini yaxshilaydi. Uning mevalari tarkibida kam miqdorda organik kislotalar mavjudligi sababli uni iste’mol qilish me’da shilliq qavatining yalig‘lanishi (gastrit) bilan og‘rigan bemorlarda kislota miqdorining ortishini keltirib chiqarmaydi. Shuningdek gilos mevalarida temir va vitaminlar ko‘pligi bois kam¬qonlikda iste’mol qilish tavsiya etiladi.


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

22

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing