Abdulla Aripov yana Bosh vazir bo‘ldi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va Senati qo‘shma majlisida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan Bosh vazirlikka ko‘rsatilgan Abdulla Aripov nomzodi ko‘rib chiqildi. 

Nomzod yopiq ovoz berish yo‘li bilan bir ovozdan tasdiqlandi. Abdulla Aripov nomzodini yoqlab 148 deputat, 94 senator ovoz berdi.

Bosh vazirlikka Abdulla Nigmatovich Aripov nomzodi tasdiqlangach, nomzod so‘z olib, Oliy Majlis va Senat a’zolariga, Prezident Mirziyoyevga minnatdorlik bildirdi. 

“Sizning yuksak ishonchingizni oqlash yo‘lida, o‘zgarmasdan bor kuch-g‘ayratimni, bilimimni, orttirgan tajribamni, borlig‘imni shu ishga bag‘ishlashga va’da beraman.

Jonajon Vatanimizga, ko‘p millatli xalqimizga, Muhtaram Prezidentimizga cheksiz sadoqat va fidoiylik bilan xizmat qilishga barchangizning oldingizda va’da beraman”, deydi Abdulla Aripov. 
 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

70

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing