“Krokus”dagi teraktda ayblanib hibsga olingan Alisher Qosimovning choyxonasi yopildi
Olam
−
27 mart
28470“Krokus Siti Holl”dagi terakt ishi bo‘yicha gumonlanuvchi Alisher Qosimovga tegishli ekani aytilayotgan Moskva viloyatining Putilkovskoye shossesida joylashgan choyxonasi o‘z faoliyatini to‘xtatdi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.
Choyxonaning eshigidagi sanasi ko‘rsatilmagan xabarda u bugun yopiqligi aytilgan.
“Choyxona yopildi, bizga ham yopishni aytishdi”, deydi choyxona yonida joylashgan hammom xodimi.
Shot Telegram-kanaliga ko‘ra, choyxona kamida uch kunga yopilgan.
Eslatib o‘tamiz, Basmanniy sudi Moskva yaqinidagi "Krokus Siti Holl"da sodir etilgan terakt ishi bo‘yicha sakkizinchi ayblanuvchi Alisher Qosimovni hibsga olgandi. U terakt ishtirokchilariga kvartirani ijaraga berganlikda ayblanmoqda. Qosimov terakt haqida hech narsa bilmagani va hatto uning kvartirasida terrorchilar yashayotganidan xabari yo‘qligini aytgan.
LiveBarchasi