Kremlparast xakerlar Yevroparlamentdan Putin uchun o‘ch oldi
Olam
−
24 noyabr 2022
15956Kecha, 23 noyabr kuni Yevropa parlamentining veb-sayti bir necha soatga ishlamay qoldi. Qayd etilishicha, yevropalik qonunchilar Rossiyani terrorizmning homiysi deb e’lon qilganidan so‘ng, Kremlparast xakerlik hujumi sodir bo‘lgan.
“Yevropa parlamenti murakkab kiberhujum ostida. Kremlparast guruh javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi”, deb yozdi Yevroparlament rahbari Roberta Metsola sayt ishlamay qolganidan ko‘p o‘tmay Twitter’da.
Uning qayd etishicha, hujum Yevroparlament Rossiyani terrorizmning homiysi deb e’lon qilganidan keyin sodir bo‘lgan.
“Mening javobim: Ukrainaga shon-sharaf”, deydi Metsola.
Saytdagi uzilishlar katta hajmdagi Internet-trafikni maqsadli serverlarga yo‘naltirish yo‘li bilan amalga oshiriladigan xizmat ko‘rsatishni rad etish (DDoS) hujumi tufayli yuzaga kelgan.
Bunday hujumlar odatda sezilarli zarar keltirmaydi.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 23 noyabr kuni Strasburgda Yevropa Ittifoqi parlamenti Rossiya Federatsiyasining Ukrainaga qarshi harbiy tajovuzi tufayli Rossiyani terrorizmning homiysi sifatida tan olish to‘g‘risidagi rezolyutsiyani qabul qildi. Qarorni 494 nafar deputat qo‘llab-quvvatladi, 58 nafari qarshi, 44 nafari betaraf qoldi.
LiveBarchasi