Kreml Rossiya va Turkiya o‘rtasidagi kelishmovchiliklar haqida xabar berdi

Olam

image

Rossiya Federatsiyasi va Turkiyaning Suriya bo‘yicha Sochi memorandumini amalga oshirish bo‘yicha yondashuvlarida ma’lum nuanslar va kelishmovchiliklar mavjud, biroq ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarning do‘stona tabiati ularni ochiq va konstruktiv muhokama qilish imkonini beradi. Bu haqda bugun, 22 noyabr kuni jurnalistlarga Rossiya Prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi. 

“Rossiya Federatsiyasi va Turkiyaning Suriyadagi vaziyatga va aynan o‘sha Sochi memorandumi bo‘yicha majburiyatlari bajarilmaganiga nisbatan yondashuvlarida ma’lum nuanslar mavjud. Bu nuanslar va hatto ba’zan kelishmovchiliklar ikki Prezident tomonidan bir necha bor muhokama qilingan. Va, Xudoga shukur, Turkiya bilan munosabatlarning do‘stona va sheriklik xarakteri bu farqlarni ochiq va konstruktiv muhokama qilish imkonini beradi”, deydi u. 

Avvalroq Turkiya yetakchisi Rajab Toyib Erdo‘g‘an Turkiya Rossiyaning kurd tuzilmalarini respublika chegarasidan olib chiqib ketish va’dalarini bajarishdan “rad etishi” munosabati bilan Suriya va Iroqda havo operatsiyasi o‘tkazgani haqida bayonot bergan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

550

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing