Kreml Putinning daromadi, avtomobillari va “kvartirasi” haqida ma’lumot berdi

Olam

image

Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning 2020 yildagi daromadi 9 million 994 ming rublni tashkil etgan. Bu haqda Kreml veb-saytida e’lon qilingan Prezident Putinning daromadlari, xarajatlari va mol-mulki to‘g‘risidagi deklaratsiyasida ma’lumot berilgan.

Xabarga ko‘ra, Putinning 2020 yilgi daromadi 2019 yildagi 9 million 726 ming rublga nisbatan 268 ming rublga ko‘payib, jami 9 million 994 ming rublni tashkil etgan.

Prezident Putinning 2017 yildagi daromadi rekordligicha qolmoqda. O‘sha yili u 18,7 million rubldan ortiq daromad qilgan, ammo bu summa 15 sotixlik yer uchastkasini sotishdan tushgan mablag‘ni ham o‘z ichiga oladi.

Kreml taqdim qilgan deklaratsiyada Putinga tegishli, deb aytilgan quyidagi mulklar qayd etilgan: maydoni 77 kvadrat metr bo‘lgan kvartira, maydoni 18 kvadrat metr bo‘lgan garaj, ikkita noyob “Volga” GAZ M21, “Niva” va treyler “Skif”. 

Qayd etilishicha, Prezident Putin maydoni 153,7 kvadrat metr bo‘lgan kvartira hamda maydoni 18 kvadrat metrga teng garajdan foydalanadi. Ushbu ob’ektlarning barchasi Rossiyada joylashgan.

Taqqoslash uchun Rossiya Bosh vaziri Mixail Mishustin 2020 yilda 19 million 853 ming rubl ishlab topgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

942

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing