Kreml Putin betobligi haqidagi mish-mishlarga izoh berdi
Olam
−
08 dekabr 2020
16393Rossiya Federatsiyasi Prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov Vladimir Putin sog‘lig‘ida paydo bo‘lgan muammolarga oid xabarlarni g‘irt bema’nilik deb atadi. Uning fikricha, bu haqda Kremldan so‘rashsa, to‘g‘ri javob olishgan bo‘lardi.
Peskov bundan oldin Putinning yaqinlari haqidagi savollarga javob qaytargan edi. RF Prezidenti va uning atrofidagilarga qarshi axborot tarqatayotganlar maqsadlariga erishmaydi, ammo ularning bu ishlari davom etadi, deya ta’kidlagandi o‘shanda matbuot kotibi. Uning ta’kidlashicha, Kreml “ozmi-ko‘pmi” bu ishning tashkilotchisi kimligini biladi.
"Salomatlik haqidagi xabarlarga kelsak, bularning bari g‘irt safsata. Bu yerda, umuman odob-axloq yo‘q. Hech bo‘lmaganda ular so‘rashganida, biz javob qaytargan bo‘lardik", dedi Peskov.
U Kremlning bunday nashrlarga munosabati va Prezident atrofidagilar haqidagi turli tekshiruvlarni yana bir bor yodga oldi.
"Aslida, bularning bari turli xil mish-mishlardir. Yana bir bor takrorlayman, buni kim amalga oshirayotganini, bundan tashqari, biz kelajakda ham shunday davom etishini bilamiz", dedi Peskov.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning noyabr oyi boshida G‘arb OAVda Vladimir Putin xastalik sabab muddatidan avval iste’foga chiqishi haqida xabarlar tarqalgandi. Keyinroq bu xabarlar Kreml tomonidan rad etilgan.
LiveBarchasi