Kreml Qozog‘iston Rossiyadan ketgan kompaniyalarni og‘dirib olmoqchiligiga munosabat bildirdi

Olam

image

Qozog‘istonning Rossiya bozorini tark etgan xorijiy kompaniyalarni o‘ziga jalb qilishga urinishi normal holat hisoblanadi. Rossiya Prezidentining Matbuot kotibi Dmitriy Peskov Nur-Sultonning rejalariga shunday munosabat bildirdi, deb xabar bermoqda RIA Novosti.

Peskovga ko‘ra, Kreml Qozog‘istonning Rossiyani tark etgan xorijiy kompaniyalarni jalb qilish rejalarini mutlaqo normal holat deb hisoblaydi. 

“Dunyoning istalgan davlati xorijiy investorlar uchun qulay shart-sharoit yaratishga harakat qilsa, bu mutlaqo normal holat. Buning uchun barcha davlatlar, jumladan, bizning mamlakatimiz ham intilmoqda”, deydi u.

Uning qo‘shimcha qilishicha, hozir tashqi tomondan bo‘layotgan misli ko‘rilmagan bosim ostida ko‘plab kompaniyalar Rossiya bozorini tark etmoqda. 

"Afsuski, biz yashayotgan va ishlayotgan haqiqat shu", deydi Peskov

Eslatib o‘tamiz, kecha 14 iyul kuni Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev Rossiyada o‘z faoliyatini to‘xtatgan yoki ushbu bozorni butunlay tark etgan yirik xorijiy kompaniyalarning mamlakatga ko‘chib o‘tishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha hukumat rasmiylariga topshiriq bergandi.

Abdulvohid Yoqubov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

398

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing