Kreml G‘arbning tribunal tuzishiga munosabat bildirdi

Olam

image

Ba’zi G‘arb davlatlari tomonidan Rossiya Federatsiyasining Ukrainadagi harakatlarini tekshirish uchun taklif qilingan tribunallar hech qanday qonuniylikka ega bo‘lmaydi. Bu haqda bugun, 1 dekabr kuni jurnalistlarga Rossiya Federatsiyasi Prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi. 

“Qandaydir tribunallar tuzishga urinishlarga kelsak, ular hech qanday qonuniylikka ega bo‘lmaydi, biz tomondan qabul qilinmaydi va biz tomonimizdan qoralanadi”, deydi Kreml vakili. 

Avvalroq Yevrokomissiya Rossiya Federatsiyasi Markaziy bankining muzlatilgan 300 milliard yevrolik aktivlaridan jamg‘arma yaratishni va 19 milliard yevro xususiy aktivlarni Yevropa Ittifoqi boshchiligida investitsiya qilish va foydani Ukrainaga tovon to‘lash uchun ishlatishni taklif qilgan edi.

Rossiya mablag‘larini ekspropriatsiya qilishni qonuniylashtirish uchun YeK Rossiyaga qarshi xalqaro sud yaratish va bunda BMT yordamini jalb qilishni taklif qilmoqda. 

Avvalroq Ukraina tomoni mamlakatda 2014 yil fevralidan buyon sodir bo‘lgan voqealar bo‘yicha maxsus tribunal tashkil etishni taklif qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

357

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing