Kredit ajratish uchun 200 dollar so‘ragan hokim yordamchisi ushlandi (video)
3-sahifa
−
23 iyun 4242 1 daqiqa
Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi tezkor qidiruv xizmati xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Qarshi shahrida hokim yordamchisi kambag‘allikni qisqartirish uchun ajratilayotgan kreditni fuqaroga rasmiylashtirib berishni va’da qilib, 200 dollar pul talab qilgan vaqtda qo‘lga olindi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, hokim yordamchisi boshqa bir mahallada yashovchi fuqaro nomiga kambag‘allikni qisqartirish dasturi doirasida ajratilgan 33 million so‘mlik imtiyozli kreditni rasmiylashtirib berishni va’da qilib, buning evaziga 200 AQSH dollari talab qilgan.
Ushbu mansabdor shaxs talab qilingan pul mablag‘ini o‘z xizmat xonasida qabul qilayotgan vaqtda tezkor tadbir ishtirokchilari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlangan va holat protsessual tartibda rasmiylashtirilgan.
Mazkur holat yuzasidan hokim yordamchisiga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 3-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Elatib o‘tamiz, avvalroq Andijon viloyatining Andijon tumanidagi mahallalardan birining raisi va ushbu mahalladagi hokim yordamchisi 30 sotix yer maydonini noqonuniy sotmoqchi bo‘lganda qo‘lga olingandi.
Live
BarchasiTurkiyada F-16 halokatga uchradi
12 avgust