Koutinyo Jahon chempionatini o‘tkazib yuboradi

Sport

image

Birmingemning “Aston Villa” klubi yarim himoyachisi Filippe Koutinyo bo‘lajak Jahon chempionatida Braziliya terma jamoasiga yordam bera olmaydi. Bu haqda “THT Sports” nashri xabar berdi.

Manba xabariga ko‘ra, yarim himoyachining o‘ng son qismidagi jarohati haligacha tuzalgani yo‘q. Ushbu jarohat tufayli Koutinyo taxminan olti haftani shifoxonada o‘tkazadi.

Malumot o‘rnida, Angliya Premer–ligasining joriy mavsumida Filippe 12 ta o‘yin o‘tkazib, bitta ham gol ura olmadi.

Eslatib o‘tamiz, Jahon chempionati Qatarda 20 noyabr kuni boshlanadi va 18 dekabrga qadar davom etadi. Braziliya terma jamoasi JCH -2022 guruh bosqichida Kamerun, Shveysariya va Serbiya terma jamoalari bilan to‘qnash keladi.

Mushtariy G‘aniyeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

15

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing