Koson Xalq ta’limi bo‘limi binosida yong‘in sodir bo‘ldi
3-sahifa
−
15 yanvar 2023
6366Qashqadaryo viloyati Koson tumani Xalq ta’limi bo‘limiga qarashli qo‘shimcha binoda yong‘in kelib chiqdi. Bu haqda tuman hokimligi ma’lum qildi.
Kecha, 14 yanvar kuni Xalq ta’limi bo‘limining qo‘shimcha binosida yong‘in kelib chiqqan. Qayd etilishicha, asosiy bino va xonalarda yong‘in kuzatilmagan va hech qanday zarar yetmagan.
Hozirda yong‘in qutqaruvchilar tomonidan to‘liq o‘chirilgan.
Yong‘inning kelib chiqish sabablari o‘rganilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Andijonda uy va uy ichidagi mashina yonib ketgani haqida xabar berilgandi.
LiveBarchasi