Korrupsiyaga qarshi kim kurashishi kerak? So‘z yoshlarga

Jamiyat

image

O‘zbekistonda 7 yoshdan 35 yoshgacha bo‘lgan 18 mingdan ortiq fuqarolarning 51 foizi korrupsiyaning mohiyatini to‘g‘ri tushunadi, 46 foizi esa poraxo‘rlikka salbiy munosabatda. 81 foiz yoshlar korrupsion holatlar haqida xabar berishga tayyor. Bu Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi yoshlarning korrupsiyaga qarshi kurashdagi ishtirokiga munosabatini aniqlash maqsadida U-Report bilan hamkorlikda 7 dan 35 gacha bo‘lgan yoshlar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnomada ma’lum bo‘ldi.

So‘rovnomada 18200 dan ortiq U-Report foydalanuvchilari ishtirok etgan.

Natijalar bo‘yicha respodentlarning:

•  51 foizi korrupsiyaning mohiyatini to‘g‘ri tushunadi;

•  81 foizi korrupsion holatlar haqida xabar berishga tayyor;

•  46 foizi atrofdagilar pora olish/berishiga salbiy munosabatda.

Qayd etilishicha, 81 foizi O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashishga yoshlarni jalb etishni  korrupsiya darajasini pasaytirishga yordam beradi, deb hisoblaydi.

Ushbu so‘rov yana bir muhim masalaga aniqlik kiritib bergan, ya’ni bugungi kunda respondentlarning 56 foizi korrupsiyaga qarshi kurashishda ishtirok etayotganini his qilmoqda.

Respondentlarni pora berishdan to‘xtatadigan 4 ta asosiy sabab:

•  E’tiqodga zid kelishi — 26 foiz;

•  Noqonuniylik — 25 foiz;

•  Qadriyatlarga/tarbiyaga zidligi — 16 foiz;

•  Jinoiy jazodan qo‘rqishi — 9 foiz.

Korrupsiyaga qarshi kurashish uchun mas’ul deb hisoblanuvchi TOP-3 javoblar:

•  “Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi” (33 foiz);

•  “Men o‘zim” (27 foiz);

•  “Huquqni muhofaza qilish idoralari” (11 foiz).


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

153

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing