Korrupsiyada ayblangan senator Menendes siyosatdan ketdi

Olam

image

Korrupsiyada ayblangan amerikalik senator Bob Menendes kecha, 16 avgust kuni mustaqil nomzod sifatida saylovdan chiqib, voqealarga boy siyosiy faoliyatini yakunlayotganini aytdi. Bu haqda “Amerika ovozi” xabar berdi.

Nyu-Jersi shtatidan saylangan 70 yoshli demokrat 20 avgust kuni 2006 yildan beri ishlab kelayotgan senatorlik lavozimini tark etishini allaqachon ma’lum qilgan edi. O‘tgan oy Nyu-York sudi senatorni tovlamachilik, adolatga to‘sqinlik qilish va Misr va Qatar bilan aloqador tadbirkorlarga xizmat ko‘rsatish uchun pora olishda aybdor deb topdi. 29 oktyabr kuni unga hukm chiqariladi va senator umrining qolgan qismini qamoqda o‘tkazishi mumkin.

"Sizga xabar beramanki, mening ismim saylov byulletenidan olib tashlanishini xohlayman", deb yozgan u Nyu-Jersi saylov komissari vazifasini bajaruvchi Donna Barberga.

Menendesning murojaati 20 avgustdan boshlab Senatda uning o‘rnini boshqa odam egallashi haqidagi e’lon bilan bir vaqtga to‘g‘ri keldi.

Nyu-Jersining demokrat gubernatori Fil Myorfi Jorj Menendesning yanvar oyida tugaydigan vakolat muddatining qolgan qismida Samir Xelmi Nyu-Jersi vakili bo‘lishini e’lon qildi.

"Bu davlat xizmatidagi uzoq va asosan samarali martabaning fojiali yakunidir", dedi Myorfi.

Menendesning rafiqasi Nadin ham bu ishda ayblangan. U ko‘krak bezi saratonidan davolanmoqda va uning ishi alohida ko‘rib chiqiladi.

Uning Nyu-Jersidagi uyini tintuv qilish chog‘ida FQB xodimlari butun uy bo‘ylab yashiringan yarim million dollarga yaqin naqd pul, shuningdek, taxminan 150 ming dollarlik oltin quymalari va hashamatli Mercedes-Benz kabrioletini topgan.

Menendes Senatning tashqi aloqalar qo‘mitasi raisi sifatida Amerika tashqi siyosatiga sezilarli ta’sir ko‘rsatdi. U 11 oy oldin ayblanganidan keyin bu lavozimdan ketgan.


Maqola muallifi

Teglar

Bob Menendes

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing