Koronavirusning yengil shakli jiddiy asoratlar qoldirishi aniqlandi

Salomatlik

image

COVID-19 ning yengil shakli jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Buyuk Britaniyaning Coverscan guruhi mutaxassislari shunday xulosaga kelishgan. Bu haqda "Daily Mail" xabar bergan. 

Tadqiqotchilar koronavirusning yengil shaklini boshdan kechirgan ikki yuzdan ortiq bemorlarning ahvolini tahlil qilishgan. 

Ma’lum bo‘lishicha, ularning deyarli 70 foizida bir yoki bir nechta organlar zarar ko‘rgan. 

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, bu kasallik ko‘p hollarda o‘pka, yurak, oshqozon osti bezi, buyrak, jigar va taloqqa ta’sir qilgan. 

Shuningdek, koronavirusni yengil turi bilan og‘rigan bemorlarda nafas qisilishi, mushaklar spazmi va bosh og‘rig‘i belgilari aniqlangan.

Ma’lumot uchun, dunyo bo‘ylab 55 mlndan ortiq kishi koronavirus bilan kasallangan. Kasallik asoratlari tufayli 1,3 mlndan ortiq kishi vafot etgan. 38 mingdan ko‘p bemor esa kasallikni ortda qoldirgan.


Maqola muallifi

Teglar

KORONAVIRUS

Baholaganlar

950

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar