Koronavirusning yangi shtammi qaysi mamlakatlarga kirib bordi?

Olam

image

Koronavirusning ilk bor Buyuk Britaniyada aniqlangan yangi shtammi Yevropaning 22 mamlakatiga kirib bordi. Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash takshiloti ma’lum qilmoqda. 

Kopengagenda bo‘lib o‘tgan brifingda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) Yevropa mintaqaviy byurosi direktori Xans Klyuge koronavirus infeksiyasining yangi shtammi Yevropaning 22 ta davlatida aniqlanganini aytdi.

Klyugening so‘zlariga qaraganda, xuddi Buyuk Britaniya va Daniyada bo‘lgani kabi keyinchalik yana boshqa shtammlar ham yuzaga kelishi mumkin.

“Barcha viruslar singari, COVID-19 ham vaqt o‘tishi bilan o‘zgardi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining Yevropa mintaqasidagi 22 ta davlatda ushbu yangi shtamm qayd etildi. Garchi yangi shtamm keltirib chiqaradigan kasallik sezilarli darajada o‘zgarmagan bo‘lsa-da, u ancha tez tarqalmoqda. SARS CoV-2 (VOC) shu paytgacha barcha yosh toifalarida ro‘yxatga olingan, bolalar yuqori xavf guruhiga kirmaydi”, deydi Xans Klyuge.

Avvalroq, koronavirusning yangi turi sentyabr oyida Buyuk Britaniyada paydo bo‘lib, noyabr oyining o‘rtalarida faol tarqalishni boshlagani haqida xabar bergan edik. Ko‘rilayotgan choralar fonida London aholisi shahar tashqarisiga chiqib ketishga harakat qilib, temir yo‘l stansiyalarida to‘plangan. Buyuk Britaniyada koronavirusning yangi turi aniqlanganidan so‘ng, 20 dan ortiq davlat ushbu mamlakat bilan transport aloqalarini to‘xtatdi. Yo‘lovchi tashishni taqiqlash qaysidir davlatda yil oxirigacha, qayerdadir yanvar oxirigacha amal qiladi. Buyuk Britaniyaning o‘zida karantin cheklovlari maksimal darajaga ko‘tarildi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

276

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing